A Seriya. Ikardisiz "Inter" g‘alabaga erishdi

  • 17 fevral, 2019, 23:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milan shahridagi "Juzeppe Meatstsa" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. 73-daqiqada Danilo D'Ambrozio hisobni ochdi. 76-daqiqada esa Manolo Gabbiadini muvozanatni tikladi.

Tecno

Ammo oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas Raja Nainggolan "neradzurrilar"ga g‘alaba keltirgan golni kiritdi. Mazkur bellashuvda so‘nggi vaqtlarda turli ko‘niglsizliklarga duchor bo‘lgan Mauro Ikardi ishtirok etmaganligini ta’kidlash joiz.

Bugungi muvaffaqiyat natijasida Luchano Spaletti shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 46 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. Genuyaliklar esa 33 ochko bilan jadvalning ekvatoridan (10-pog‘ona) o‘rin olishgan.

{game}id{/game}

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!