
A Seriya. "Napoli" "Parma" darvozasiga javobsiz 4 ta gol kiritdi
"Ennio Tardini" stadionida kechgan uchrashuvda neapolliklar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Pyotr Zelinski, Arkadiush Milik (2 ta) va Adam Unalar mualliflik qildi.
Bugungi muvaffaqiyat natijasida Karlo Anchelotti shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 56 taga etdi va jamoa turnir jadvalida hamon 2-o‘rinda bormoqda. 29 ochkosi bor "Parma" esa 12-pog‘onani egallab turishibdi.
Fikrlar