A Seriya. "Yuventus" mavsumni g‘alaba bilan tugatdi

  • 20 may, 2018, 07:22
  • 0
  • Futbol

Kecha shuningdek Italiya A Seriyasida ham so‘nggi turdan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, muddatidan avval chempionlikni tantana qilgan “Yuventus” mavsumni yakunlab beruvchi ushbu o‘yinda “Verona”ni qabul qildi. Qiziqarli kechgan uchrashuv 2:1 hisobida turinliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Qayd etish lozimki, ushbu bahs turinliklar posboni Janluiji Buffon uchun ushbu jamoadagi so‘nggi o‘yin bo‘ldi.

”Yuventus” – “Verona” 2:1 (0:0, 2:1)

19 may «Alyants Stedium»

Gollar: 1:0 – 49 Rugani, 2:0 – 52 Pyanich, 2:1 – 76 Cherchi.

“Yuventus” – Buffon (Pinsolo, 63), Lixtshtayner, Rugani, Bardzali, Aleks Sandro, Markizio, Pyanich, Sturaro (Bentankur, 44), Dibala, Mandjukich, Duglas Kosta (Iguain, 66).

“Verona” – Nikolas, Ferrari, Karachcholo (Bearzotti, 46), Suprean, Fares, Romulo, Fossati, Dantsi, Aarons (Sukulini, 62), Rider Matos (Petkovich, 81), Cherchi.

Ogohlantirishlar: Fares (51), Fossati (58).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!