
APL, "Arsenal" "Sautgempton"ni engdi
Londondagi "Emireyts" stadoinida kechgan uchrashuvda "to‘pchilar" 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Aleksandr Lyakazett va Genrix Mxitaryanlar mualliflik qilishdi.
Bugungi g‘alaba natijasida Unai Emeri shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 53 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Sautgempton" esa 24 ochko bilan 18-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar