APL. "Arsenal" kutilmaganda ochko yo‘qotdi
Brayton shahridagi "Falmer — Ze Ameks" stadionida kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1. 7-daqiqada Per-Emerik Obameyang o‘zining aniq zarbasi bilan londonliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 35-daqiqada Yurgen Lokadiya Bernd Leno qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol etib, muvozanatni tikladi.
Bugungi natijadan so‘ng Unai Emeri shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 38 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. Hisobida 22 ochkosi bo‘lgan "Brayton" esa jadvalda 13-pog‘onani egallab turibdi.
"To‘pchilar" kelgusi turda "Liverpul" mehmoni bo‘lishsa, "Brayton" "Everton"ni qabul qiladi. Har ikki o‘yin 29 dekabr sanasida bo‘lib o‘tadi.
{game}id{/game}

Fikrlar