APL murabbiylarining antiqa uslublari

CHERY AUTO

Yurgen Klopp - aut va kokteyl siri

Tecno

5a2f749631f2f9a35d37b9ebbaf99da6

2015/16 yilgi mavsumda Klopp Angliyaga kelgach, uni ingliz diyorida muvaffaqiyatsizlikka uchrashini bashorat qildi. Boisi, ko‘pchilik uning "Borussiya"dagi o‘yin uslubi Premer-ligaga mos kelmasligini aytgan edi, ammo amalda unday bo‘lib chiqmadi.

U ortda qolgan ikki yil davomida ajoyib jamoani shakllantira oldi. Bunda o‘ziga xos bo‘lgan narsalarning o‘rni katta albatta.

Masalan u autlarni o‘yinga kiritishni o‘rgatuvchi maxsus murabbiy yollagan. Bu Tomas Gronnemarkdir. Daniyalik mutaxassis bobsley, engil atletika va futbolda faoliyat ko‘rsatgan. U 51,34 metr masofaga uloqtirishi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. Hozirda esa mazkur rekordchi "Liverpul" hujumlarini autlar orqali rivojlantirish borasida ish olib bormoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, "qizillar"ning raqib jarima maydoni yaqinida to‘pni yon chiziqdan o‘yinga kiritadigan 13 % hollarda muvaffaqiyatli tugaydi.

Bundan tashqari Klopp futbolchilarning taomnomasini ham belgilab beradi. Mersisaydda hozirda germaniyalik oshpaz ishlamoqda. U bunga qadar Milliy Xokkey ligasi jamoalarida ishlagan. Germaniyalik suzuvchi Mark Varnek esa futbolchilar shirindan-shakar kokteyllar tayyorlab beradi. Bundan tashqari Germaniya terma jamoasi sobiq dieotologi Monu Nemmer ham futbolchilarning o‘yinlardan so‘ng tezroq tiklanishi va sog‘lom bo‘lishlari uchun taomnomani tuzib beradi.


Unai Emeri va shakarlar

NINTCHDBPICT000418140827

Emerining "Arsenal"ga kelganiga endiginia ikki oy bo‘ldi, ammo shunga qaramasdan, londonliklarning o‘yinlari va natijalari butunlay o‘zgardi. 

Ispaniyalik mutaxassis Angliyaga kelishi bilanoq, jamoa bazasidagi taomnomani o‘zgartirdi. Emeri guruch, yog‘li va achchiq taomlarni hamda sharbatlarni taqiqladi. Oxirgisini tarkibidagi shakar miqdori ko‘p ekanligi bois shunday qarorga keldi. Ammo sharbatxo‘rlar - Shkodran Mustafi va Uelbeklar undan bu borada biroz engillik berishni so‘rashdi. Endi esa "Arsenal" mashg‘ulot bazasida tabiiy mevalarni siqib, sharbat qiluvchi moslamalar bor, har bir futbolchida!

Bundan tashqari, Unai shogirdlarining jismoniy jihatdan Premer-liganing qolgan futbolchilaridan ortda qolayotganini bilib, qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun maydon yonida chodir o‘rnatmoqda.

"Emeri? U aqldan ozgan. U doimo planshetini ko‘tarib olib futbolchilarga dakki beradi. U futbol jinnisi, ammo uning ishga bo‘lgan munosabatini hurmat qilaman", - dedi Mustafi.

Darvoqea, yana bir statistika. Mustafi Arsen Venger qo‘l ostida o‘ynagan vaqtlarda xatolar miqdori 53 % ni tashkil etar edi. Hozirda esa bu ko‘rsatkich 27,7 % ga qadar qisqardi.


Rafael Benites va taktikalar

456f3473ba4b6e129399e745c15f2b12

Bahorda The Telegraph nashri qiziq bir narsani e’lon qilgan edi. "Nyukasl" bosh murabbiyi Rafael Benites oilaviy tushlikni yomon ko‘radi yoki xaddan tashqari futbolni sevadi. Shu darajada sevadiki, uyda likopchalarni 4-4-2 sxemasi yordamida stolga joylashtiradi. 

Ushbu mavsum avvalida "qarg‘alar" etakchilaridin biri bo‘lgan Jonjo Shelvi shunday degan edi:

"Benites - futbol jinnisi. U doimo futbol ko‘radi. Masalan men uning xonasiga kirib yoniga o‘tirsam, u meni eshitmaydi, chunki ikkita ekranda futbol ko‘rayotgan bo‘ladi. Mavsum avvalida u bizga bir yarim soat  ma’ruza o‘qidi va birdaniga mendan Jonjo, men nimalar haqida gapirdim deb so‘rab qoldi. Tabiiyki, men bunga javob qaytara olmadim. Boisi ma’ruzaning tahminan 7-8-daqiqalarida uyquga ketgan edim".

Ammo uning taktikalari ish bermayapti. Har xolda "Nyukasl" hozirda jadvalning so‘nggi pog‘onasida bormoqda.


Sarri va to‘p bilan muomala

Sarri to‘p nazoratini yaxshi ko‘radi. Hozirgi "Chelsi" Konte yoki Xiddink davridagi "Chelsi"dan ikki barobar ko‘p to‘p uzatishlarini amalga oshirmoqda. Sarri biror futbolchi "kvadrat" o‘yini vaqtida ketma-ket xatolarga yo‘l qo‘ysa, uni maydonni bir marta aylanib chiqishini talab  qiladi.

Sarrining mashg‘ulotlardagi so‘nggi yangiligi esa mashg‘ulotlarga panna bo‘yicha jahonning eng yaxshi  futbolchi Sofen Tuzanini taklif etdi. Panna o‘yinchilarning  oyoq orasidan o‘tkazuvchi sport turi sanaladi. Tuzani ikki soat davomida "Chelsi" futbolchilarining "dodini berdi". Qizig‘i, ular orasida eng texnikasi yuqori futbolchilar - Villian va Eden Azarlar ham bor edi.


Vagner va yuklamalar

"Xaddersfild" ustozi Vagnerni haqiqiy "botanik"lardan deyish mumkin. U har doim ryukzak va ko‘zoynak taqqan holda yuradi. U ham Benites kabi savol-javoblar o‘tkazib turishni xush ko‘radi.

U futbolchilarning jismoniy holatlariga jiddiy e’tibor qaratadi. Yahoo Sports xabariga ko‘ra, Vagner mashg‘ulot maydonchasidagi kichik avtomobilga arqon  bog‘laydi, ikkinchi uchiga esa futbolchini bog‘laydi. So‘ngri o‘zi mashinaga o‘tirib, uni pastroq tezlikda harakatlantirishga harakat qiladi. Futbolchi esa qarama-qarshi tomonga yugurishi kerak bo‘ladi. Ammo bunday uslublar ham hozirda "Xaddersfild"ga yordam bera olmayapti, boisi, jamoa xavfli zonalar atrofiga o‘ralashib qolgan.

 

 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!