APL tarixida hali bunaqasi bo‘lmagan
Xabaringiz bor kecha “Manchester Siti” APLning 10-turi doirasida “Tottenxem” mehmoni bo‘ldi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa “shaharliklar” premer-liganing dastlabki 10ta turidan buyon mag‘lub bo‘lmay kelayotgan “Chelsi” va “Liverpul”ga tenglashib oldi.
Opta nashri tarqatgan xabarga qaraganda Angliya premer-ligasi tarixida ilk bor 3ta jamoa mavsumning dastlabki 10ta turida mag‘lub bo‘lmadi.
Eslatib o‘tamiz, hozircha “Manchester Siti” va “Livrpul” 26 ochkodan to‘plagan holda 1- va 2-o‘rinni bo‘lishib turishibdi. Hisobida 24 ochko bo‘lgan “Chelsi” esa mos ravishda kuchli uchlikni yakunlab turibdi.

Fikrlar