APLda navbatdagi iste’fo yuz berdi

  • 28.02.2019 21:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Fulxem" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Klaudio Ranerini iste’foga chiqardi.

Italiyalik mutaxasssisning ishdan bo‘shatilishiga asosiy sabab jamoaning qayd etayotgan qoniqarsiz natijalari bo‘lgan. Endi uning o‘rnini Skott Parker egallaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Fulxem” ayni damda 17 ochko bilan APL musobaqa jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi. Ular keyingi uchrashuvni 3 mart kuni o‘z maydonida hamshahari “Chelsi”ga qarshi o‘tkazishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!