APLning 24-tur o‘yinlari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

  • 25 yanvar, 2019, 08:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasining 24-tur o‘yinlari La-Mansh bo‘g‘ozida samolyotda g‘oyib bo‘lgan "Kardiff" hujumchisi Emiliano Salaning xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlanadi. Bu haqda APL rasmiy tvitteri xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha politsiya xodimlari qidiruv ishlarini to‘xtatishgani haqida rasman e’lon qilishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!