
APLning mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisiga nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi
Angliya premer-ligasi mavsumning eng yaxshila murabbiyi va futbolchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Quyida APLning 2016/17 yilgi mavsumdagi eng yaxshilariga nomzodlar bilan to‘liq tanishib chiqishingiz mumkin:
Murabbiylar: Antonio Konte («Chelsi»), Maurisio Pochettino («Tottenxem»), Toni Pulis («Vest Bromvich»), Eddi Xau («Bornmut»), Shon Daysh («Bernli») va Pol Klement («Suonsi»).
Futbolchilar: Sesar Aspilikueta, Ngolo Kante va Eden Azar (barchasi – «Chelsi»), Yan Vertongen, Dele Alli va Kristian Eriksen (barchasi – «Tottenxem»), Romelu Lukaku («Everton») va Aleksis Sanches («Arsenal»).
Fikrlar