
APLning naqd 5ta klubi "Barselona" futbolchisiga qiziqmoqda
Londonning "Arsenal" va "Chelsi" klublari "Barselona" xavbeki Denis Suaresni o‘z safida ko‘rishmoqchi. Bu haqda Football Espana nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra APL etakchilari 24 yoshli futbolchini joriy qishki transferlar chog‘idayoq sotib olishni rejalashtirishgan. O‘z navbatida kataloniyaliklar ushbu futbolchini 10 mln evroga baholamoqda. Suaresga shuningdek "Everton", "Vest Xem" va "Uotford" klublaridan ham qiziqishlar mavjud. Qolaversa uning o‘zi ham barqaror o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun jamoasini o‘zgartirishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Suares asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum “ko‘k-anor ranglilar” safida jami 6ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar