
Abdulhay Shorahmatov “Uzbek Tigers”ning ikkinchi g‘alabasini ta’minladi
Poytaxtimizda davom etayotgan Butunjahon boks seriyalari VII mavsum navbatdagi “S” guruhi ikkinchi jangida 56 kg vazn toifasidagi bokschilar ringga ko‘tarilishdi.
Mazkur musobaqada o‘zining oltinchi jangini o‘tkazgan “Uzbek Tigers” a’zosi Abdulhay Shorahmatovga "Astana Arlans" Ilyas Suleymanov raqiblik qildi.
Keskin va murosasiz bellashuvlar ostida o‘tgan jangda Abdulhay 48:47, 48:47, 50:45 hisoblarida raqibidan ustun kelib, jamoamizning ikkinchi g‘alabasini ta’kinladi. Shunday qilib, Abdulhay oltinchi jangini ham g‘alaba bilan yakunladi.
Hozircha jamoalar o‘rtasidagi hisob 2:0. Biroz avval Elnur Abduraimov jamoamizning ilk g‘alabasini ta’minlagan edi.
Endi navbat 64 kg vazn toifasi bokschilariga. 75 kg vazn toifasidagi bokschilarga. Isroil Madrimov Saparbay Aydarovga qarshi...
Fikrlar