
Afsonaviy Buffon "Yuventus" safida A Seriyadagi 450-uchrashuvini o‘tkazdi
Turinning “Yuventus” klubi va butun Italiyaning tirik afsonasiga aylangan darvozaboni Janluiji Buffon kecha bo‘lib o‘tgan A Seriyaning “Roma”ga (3:1) qarshi bahsida ishtirok etdi.
Shunisi ahamiyatliki, 39 yoshli golkiper shu kuni o‘zining “keksa sinora” safida A Seriyadagi 450-uchrashuvini o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun, Buffon joriy mavsum chempionatning 29ta turida maydonga tushgan va 12ta o‘yinda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qola olgan.
Fikrlar