Afsonaviy bokschi Muhammad Alining qo‘lqopi 55 ming dollarga sotildi yoxud WBC kongressining muhim voqealari

  • 3 oktabr, 2018, 11:39
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Kievdagi Butunjahon boks uyushmasining (WBC) 56-kongressida xayriya kim-ochdi savdosi o‘tkazildi. Unda deyarli 200 ming dollar ishlab olindi. Bu mablag‘lar Mariupoldagi bolalar boks zallaridan biri uchun sarflanadi.

Tecno

Kim-ochdi savdosidagi eng qimmat buyum afsonaviy bokschi Muhammad Ali imzosi tushirilgan qo‘lqop bo‘ldi. U 55 ming dollarga sotildi.

M.Ali

Kim-ochdi savdosiga Vitaliy Klichkoning WBC versiyasi bo‘yicha chempionlik kamari ham qo‘yildi. Bu kamarga ukrainalik bokschi, Lennoks Lyuis va Evander Xolifild imzolarini qo‘yishdi. Kamar 20 ming dollarga sotildi.

Klitschko WBC

Yana kim-ochdi savdosiga Mayk Tayson, Vitaliy Klichko, Lennoks Lyuis va Evander Xolifild imzolari tushirilgan qo‘lqoplar ham chiqarildi. Ular uchun 15 ming dollardan to‘lashdi.

Holifield vs Tyson vs Lewis

90 nafardan ortiq jahon chempionlarining imzolari tushirilgan ajoyib qo‘lqop 17 ming dollar evaziga o‘z egasini topdi.

90 boxers

Savdoga qo‘yilgan ajoyib buyumlar orasida Vitaliy Klichko va Lennoks Lyuis o‘rtasida 15 yil oldin tashkil qilingan jangdan surat ham namoyish etildi. Bu surat naqd 31 ming dollarga pullandi.

klitschko vs Lewis

WBCning ijtimoiy sohadagi ishlari ham juda muhim. Tashkilotning sport bilan shug‘ullanishni istagan sportchilar va bolalarni qo‘llab-quvvatlashi yaxshi. Shunday proektlardan biri bugun amalga oshmoqda. Kim-ochdi savdosida yig‘ilgan deyarli 200 ming dollar Mariupoldagi bolalar uchun mo‘ljallangan boks zali uchun sarflanadi. Biz bolalar va o‘smirlar orzusini ro‘yobga chiqarish uchun qo‘limizdan kelgan barchasini qildik, – deya Vitaliy Klichkoning so‘zlarini keltiradi klitschko-brothers.com.

Klitschko_2

Eslatib o‘tamiz, 1 oktyabr kuni ochilgan WBC 56-kongressi 5 oktyabrgacha davom etadi. Mazkur kongressda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi bosh direktori, tajribali, xalqaro toifadagi hakam Nabijon Ismanov ishtirok etmoqda.

Kongressda ukrainalik bokschi Vladimir Klichko WBC faxriy chempioni bo‘ldi va aka-uka Klichkolar Ginnessning rekordlari kitobiga kiritildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!