
Agar "Milan" A Seriyaning keyingi 2ta bahsini yuta olmasa Montella ishdan bo‘shaydi
“Milan” klubi bosh murabbiyi Vinchentso Montella joriy hafta o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan Evropa ligasi guruh bosqichi 3-turida AEK (0:0) klubini enga olmagach, o‘z lavozimida qolishi so‘roq ostida qoldi.
Sky Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 43 yoshli mutaxassis o‘z ish joyini saqlab qolishi uchun A Seriyaning navbatdagi 2ta uchrashuvida 6 ochko olishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, “rossonerilar” dastlab 22 oktyabr kuni o‘z maydonida “Jenoa”ni qabul qilishsa, 25 oktyabr kuni “Kevo”da mehmon bo‘lishadi.
Ma’lumot uchun, “Milan” ayni damda 12 ochko bilan musobaqa jadvalining 10-pog‘onasida bormoqda.
Fikrlar