
Akademik eshkak eshish. Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichi boshlanmoqda
Shu munosabat bilan, terma jamoa vakillari 10 fevraldan boshlab Toshkent dengizida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydilar. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
Yig‘inda 27 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Jumladan, Alisher Turdiev, Sardor To‘lqinxo‘jaev, Farrux Astanov, Jasur Mavlonov, Shahboz Xolmurzaev, Abdullo Muhammadiev, Shahboz Abdujabborov, O‘ktam Davronov, Zafar Usmonov, Shohjahon Najmiev, Shehroz Hakimov, Alisher Yarov, Anatoliy Krasnov, Otamurod Rahimov, Mehroj Mamatqulov, Shahzod Nurmatov, Bekzod Xolmirzaev, Malika Tagmatova, Luiza Islomova, Luiza Gafurbaeva, Tatyana Kim, Abbos Abdushukurov, Davrjon Davronov, Evgeniy Agofonov, Shahzod Abdurahmonov, Abdulaziz Rahimjonov, Dostonjon Baxriev musobaqalarga hozirlik ko‘rishadi. Akademik eshkak eshuvchilarimiz murabbiylar T.Isoboev, B.Bobojonov, S.Tyan boshchiligida yig‘in o‘tkazadilar.
«Tokiodagi Olimpiya o‘yinlariga tobora yaqinlashib borayapmiz. Sportchilar jamoasida bir qoida bor – mashg‘ulotlar qancha qiyin va pishiq o‘tsa, xalqaro musobaqalarda bellashuv shuncha muvaffaqiyatli bo‘ladi. Shuning uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida asosan xalqaro musobaqalarda o‘zini oqlagan eng murakkab me’yorlardan foydalanishga e’tibor qaratmoqdamiz», – dedi murabbiy Bexzod Bobojonov.
Mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari 5 martga qadar davom etadi.
Fikrlar