"Al-Nasr" ustozi: "Paxtakor"ni mag‘lub etish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz

  • 18 fevral, 2019, 21:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun har ikki jamoa vakillari ishtirokida o‘yin oldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda "Al-Nasr" bosh murabbiyi Benat San Xose o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"OChL qit’adagi klublar uchun eng kuchli va muhim turnir sanaladi. Tarkibimizda Osiyo futbolida katta tajribaga ega bo‘lgan futbolchilar mavjud. Bu bizning kuchli tomonlarimizdan biridir. Ertangi bellashuvda bor kuchimizni ishga solamiz", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Al-Nasr" - "Paxtakor" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!