Ali Abdul-Aziz: Xabib Fergyusonni ossongina mag‘lub etadi
UFC engil vazn toifasida chempionlik kamari sohibi Xabib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdul-Aziz Nurmagomevdov - Toni Fergyuson qarama-qarshiligi haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Fergyusonga qarshi jang Xabib uchun osson va qiziqarsiz o‘tadi. Toni har bir bahsda raqibning zarbalaridan qulaydi. Aytib o‘tishim joizki, Fergyuson ohirgi UFC 229 turnirida ishtirok etayotganida uning tezligi pasayganiga e’tibor berdim. Eslatib o‘tmoqchimanki, u Xabibga qarshi bahsda ishtirok etishni ikki marta rad etgan.
Tan olish lozim, Fergyuson ajoyib jangchi, biroq uning raqiblari Xabib emas, Neyt Dias yoki Getjidir. O‘ylashimcha, Nurmagomedov keyingi bahsida ko‘proq daromad topishi kerak, - deya Abdul-Azizning so‘zlaridan iqtibos keltiradi ESPN nashri.
Fikrlar