Alkaser bugun "Atletiko"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi
Dortmundning “Borussiya” klubi forvardi Pako Alkaser bugun UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turi doirasida “Atletiko”ga qarshi bahsda jamoasiga yordam berolmaydi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 25 yoshli ispaniyalik futbolchi jamoasining bugungi mashg‘ulotlarida ishtirok etmagan, shifokorlar esa murabbiylarga unga biroz dam berishlari lozimligini aytishgan.
Eslatib o‘tamiz, Alkaser Bundesliganing o‘tgan turida “Shtutgart”ga (4:0) qarshi bahsda jarohat olib maydonni tark etgan edi.
Ma’lumot uchun, «Borussiya» – «Atletiko» uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar