
Allegri: Ronalduning penaltini qanday tepganini ko‘rmadim
“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri kecha “Torino”ga (1:0) qarshi qiyin o‘tgan uchrashuvda Krishtianu Ronaldu tomonidan penaltidan kiritilgan golni ko‘rmaganini aytdi.
“Men golni ko‘rmadim, o‘girilib oldim. Ochig‘ini aytsam, men o‘yin payti amalga oshiriladigan penaltilarni juda kam ko‘raman”, - deydi Allegri.
Eslatib o‘tamiz, derbidagi g‘alabadan so‘ng “Yuventus” o‘z hisobidagi ochkolari sonini 46taga etkazib oldi va ikkinchi o‘rinda borayotgan “Napoli” bilan farqni 11taga etkazdi.
Fikrlar