Allegri yangi mavsumni APLda boshlashi mumkin

  • 28 dekabr, 2018, 09:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin.

ESPN nashri tarqatgan xabarga qaraganda yangi bosh murabbiy qidirish ishlarini davom ettirayotgan MYu rahbariyati 51 yoshli italiyalik mutaxassisning nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq mankuanliklar Maurisio Pochettino (“Tottenxem”) va Zinedin Zidan (ishsiz) nomzodlarini ham ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Joze Mourino iste’foga chiqarilgach jamoa mavsum yakuniga qadar Ole-Gunnar Sulsherga ishonib topshirildi. Ma’lumotlarga qaraganda joriy mavsum jamoa qanday natija qayd etishidan qat’iy nazar klubga yozda yangi bosh murabbiy olib kelinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!