
Allegrining ishtahasi karnay
Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoasiga dunyoning eng kuchli yarim himoyachilarni jalb etmoqchi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 51 yoshli mutaxassis “keksa sinora”ning yarim himoya pozitsiyasini kuchaytirmoqchi va buning uchun “Chelsi”dan N'Golo Kante va “Real”dan Iskoni Turinga olib kelish istagini bildirmoqda.
Biroq, Allegri ushbu futbolchilarni bir vaqtning o‘zida ikkalasini ham sotib olish qiyinligini juda yaxshi sezib turibdi va shuning uchun rahbariyatdan kamida ulardan birini sotib olishlarini so‘ramoqda.
Fikrlar