Amerikalik tennischilar o‘z yurtlarida mag‘lub bo‘lmoqda
Kanadalik tennischi Milosh Raonich Indian-Uells shahrida o‘tayotgan musobaqaning chorak finalidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
"BNP Paribas Open - 2018" musobaqasining yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tgan o‘yinida u amerikalik Sem Kuerrini 7:5, 2:6, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi Milosh final yo‘llanmasini qo‘lga kiritshi uchun argentinalik Xuana Martina Del Potro va germaniyalik Filipp Kolshrayber uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar