Ana xolos! Lotereya o‘yini sabab Superliga o‘yinlari vaqti o‘zgartirildi

  • 20.02.2018 15:17
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston PFL va “Sport” TV joriy mavsum ham Superliga bahslarining translyatsiya qilishda hamkorlikni davom ettirishini ma’lum qilgan edik. Unga ko‘ra tur doirasida 6ta o‘yin uch kunda ikkitadan “Sport” TV da namoyishi rejalashtirilgan. PFL tur o‘yinlari boshlanish vaqtini soat 18:00 dan so‘ng qilib belgilagandi.

“Sport” TVda har shanba bir xil vaqtda (soat 19:30) juda ko‘plab yurtdoshlarimiz kuzatib boradigan “Omad Lotto” efirga uzatiladi. Shu sabab, “Sport” TV shanba kuni bo‘lib o‘tadigan futbol o‘yinlarining boshlanish vaqtini soat 17:30 qilib belgilash borasida O‘z PFLga taklif bilan chiqdi. Shanba dam olish kuni bo‘lib, bu futbol muxlislariga stadionga kelish uchun ortiqcha muammo tug‘dirmasligini va “Sport” TV efir dasturini inobatga olgan O‘zPFL 3 mart kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarning boshlanish vaqtini soat 17:30 qilib belgiladi. Bu haqda telekanalning telegramdagi sahifasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!