Ana xolos! Mavsum avvalida "Arsenal" futbolchilari 70 nafar ayol ishtirokida bazm qilishgani ma’lum bo‘ldi (FOTO)

  • 7 dekabr, 2018, 14:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi futbolchilari sport rejimini buzganlikda ayblanishmoqda.

The Sun tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar”ning bir nechta futbolchisi avgustda, ya’ni mavsum boshlanishiga bir necha kun qolganida bazm oqshomi tashkillashtirishgan. Ushbu kechada “Arsenal”ning 12 nafar futbolchisi va 70dan ortiq ayollar ishtirok etishgan.

Ma’lumotlarga qaraganda bazm davomida turli xil alkagol maxsulotlari, jumladan aroq, shampanski va skotch iste’mol qilishgan. Shuningdek tahririyatga etib kelgan videolavhada Aleksandr Lyakazett, Per-Emerik Obameyang, Mesut O‘zil, Sead Kolashinats va Matteo Genduzilarning kayfiyatni ko‘taruvchi gazdan iste’mol qilishayotgani aks etgan. Bundan tashqari ushbu kadrlarda Genrix Mxitaryan va Shkodran Mustafilarni ham ko‘rish mumkin.

Voqea guvohlaridan birining so‘zlariga ko‘ra kayfiyatni ko‘taruvchi gazdan iste’mol qilgan futbolchilarning ayrimlari xatto hushini ham yo‘qotgan.

99

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!