Zlatan Ibrohimovich Ronalduning O‘zbekiston bilan o‘yindan keyingi "qiligi"ni tushunmadi
Shvetsiya terma jamoasining sobiq yulduz hujumchisi Zlatan Ibrohimovich Jahon chempionati–2026 doirasida Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi.
Portugaliya terma jamoasi yetakchisi O‘zbekistonga qarshi o‘yinda (5:0) yirik hisobdagi g‘alabadan so‘ng kamera tomon qarab, juda hissiyot bilan «Men qaytdim!» deya baqirgan edi.
«Menimcha, u umuman ketmagandi. Nima uchun «men qaytdim» deyaotganini tushunmayman», – dedi Ibrohimovich FOX Soccer efirida chiqish qilar ekan.
Mazkur g‘alabadan so‘ng Portugaliya 4 ochko to‘pladi. O‘zbekiston esa hozircha ochko ololmagan. Roberto Martines shogirdlari guruh bosqichini 28 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi bahs bilan yakunlaydi.

Fikrlar