
Ana xolos! Ronaldu va Messi bu safar "Oltin to‘p"ga nomzodlarning kuchli uchligiga ham kira olmaydi
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi va "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bu yilgi "Oltin to‘p" mukofoti uchun nomzodlarning kuchli uchligiga ham kira olishmaydi. Bu haqda The Mirror nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra bu borada kuchli uchlikdan Luka Modrich, Rafael Varan (ikkalsi - "Real") va Kilian Mbappelar (PSJ) joy olishadi. Asosiy da’vogar esa “Real” bilan birga Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan va Xorvatiya terma jamoasi safida jahon chempionati kumush medalini qo‘lga kiritgan Luka Modrich e’tirof etilmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, Ronaldu va Messi so‘nggi 10 yilda navbatma-navbat ushbu mukofotni qo‘lga kiritib, boshqa hech kimga bermay kelishayotgan edi. Ular hisobida 5tadan “Oltin to‘p” bor. Argentinalik va portugaliyalik futbol yulduzlarining gegemonligi o‘rnatilgunicha so‘nggi bor ushbu mukofot braziliyalik Kakaga (2007) nasib etgan edi.
Ma’lumot uchun, 2018 yilgi “Oltin to‘p” sohibi 3 dekabr kuni e’lon qilinadi.
Fikrlar