Anchelotti "Roma"ga qarshi bahs haqida o‘z fikrini bildirdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Napoli" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Italiya chempionati doirasida "Roma"ga qarshi (1:1) bahs haqida o‘z fikrini bildirdi.

- Uchrashuv boshida o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqganimizga qaramay, 90 daqiqa raqibni bosim ostida ushlab turdik.

"Roma"ni autsayder klub deb atab bo‘lmaydi, biroq biz raqibni ular o‘ynay olmaydigan holatga tushirdik. Albatta, qanotlarda bir necha marta xato qildik.

Uchrashuvning asosiy vaqtini "Roma" jarima maydonchasida o‘tkazdik, biroq imkoniyatlardan foydalana olishda omad etishmadi, - dedi Anchelotti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!