"Andijon" Turkiyada yig‘in o‘tkazadi

  • 19 dekabr, 2018, 19:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Burgutlar” jamoasi ertadan o‘z qarorgohida yig‘iladi va 5 kun mobaynida mashg‘ulotlar olib boradi. So‘ngra Yangi yil bayrami munosabati bilan futbolchilarga 3 yanvarga qadar ta’til beriladi. Jamoa shundan so‘ng 2 fevralga qadar Toshkentda yig‘in o‘tkazadi. Yig‘in mobaynida bir qator futbolchilar ko‘rikdan o‘tadi va “Andijon” bir nechta sinov-nazorat bahslarida ham maydonga tushadi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Yangi mavsum oldidan tashkil etiladigan xorij yig‘ini esa 3-17 fevral kunlari Turkiyada bo‘ladi. Ayni paytda mazkur yig‘in doirasida o‘tkaziladigan o‘yinlar uchun sparring raqiblar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!