
"Andijon" safini 9 futbolchi tark etdi
28 dekabr kuni jamoa a’zolari sharafiga bayram dasturxoni yozildi va shu kuni futbolchilarga yangi yil bayrami munosabati bilan qisqa muddatli ta’til e’lon qilindi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Burgutlar” endi rejaga ko‘ra, 3 yanvar kuni yana Andijonda yig‘iladi va 7 yanvardan yig‘in Toshkentga ko‘chadi.
Murabbiylar shtabining qaroriga ko‘ra, joriy mavsum “Andijon” sharafini himoya qilgan Siroj Hamroev, Laziz Ubaydullaev, Sunnatilla Mamadaliev, Qadamboy Nurmetov, Sunnatulla Abdullajonov, Jahongir Omonov, Nodirxon Kamolov, Shoxruh Boyqo‘ziev hamda Elbek Otaqulov singari futbolchilar dastlabki yig‘inga taklif etilmadi.
Endilikda ushbu futbolchilar o‘zlarini boshqa jamoalarda sinab ko‘rishi mumkin.
Fikrlar