Andrea Pirlo: Manjukich Ronalduga juda mos tushadi
Turinning "Yuventus" klubi sobiq futbolchisi Andrea Pirlo jamoaning yangi a’zosi Krishtianu Ronalduga “keksa sinora”ning qaysi futbolchisi ideal sherik bo‘lishi mumkinligini aytdi.
“Manjukich, Dibala yoki Duglas Kosta? Ronalduga bitta hujumchi bilan o‘ynash yoqmaydi. Unga harakatni chap qanotdan boshlash yoqadi. Shuning uchun uning yonida futbolchi bo‘lishi kerak. Manjukich bu vaziyatda unga juda mos tushadi”, - deydi Pirlo.



Fikrlar