“Anjer” yangi tarix yozmoqda
Kecha Frantsiya kubogining dastlabki yarim final bahsi bo‘lib o‘tgani to‘g‘risida xabar berib o‘tgan edik. Unda “Anjer” o‘z maydonida “Gengam”ni mag‘lub etdi(2:0) va finalga yo‘l oldi.
Frantsiyada ham mamlakat kubogining dastlabki finalchisi nomi ma’lum bo‘ldi
E’tiborlisi, 1919 yilda tashkil etilgan mazkur klub so‘nggi bor kubok finalida 1957 yilda o‘ynagan ekan va bu jamoa tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanar ekan. O‘shanda “Anjer” xal qiluvchi bahsda “Tuluza”ga imkoniyatni boy bergan ekan – 3:6.
Klubning Frantsiya chempionatidagi eng yaxshi natijasi esa 1966/67 yilda qayd etilgan. O‘shanda mazkur klub turnirni 3-o‘rinda yakunlagan.
“Anjer”ning finaldagi raqibi esa bugun bo‘lib o‘tadigan “PSJ” – “Monako” bahsidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Fikrlar