Anvar Boynazarov 21 aprel kuni “EM LEGEND” turnirida ringga chiqadi

CHERY AUTO

Kikboksing bo‘yicha har yili o‘tkazilib kelinayotgan “EM LEGEND” turniri 21 aprel kuni start oladi. “The World Gold Belt” kamari uchun kechadigan jahon chempionatida dunyoning eng kuchli 32 jangchisi o‘zaro ringga chiqishadi. Jang 65 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Chempionat yil bo‘yi o‘tkaziladi va bosqichma-bosqich ishtirokchilar saralanadi. Unda xitoylik sportchilar bilan xorijdan tashrif buyurgan sportchilar ham qatnashadi.

21 aprel kuni Chengdu shahridagi “Emeishan Station” arenasida musobaqaning “A” guruhi ishtirokchilari “World Gold Belt” kamari uchun bahslarga kirishadi. Chempionatning ilk jangida o‘zbekistonlik aralash yakkakurash jang san’atlari ustasi va ikki karra muay tay bo‘yicha jahon chempioni Anvar Boynazarov uchinchi marta chempionlik kamari uchun yurishini boshlaydi.

Anvar Boynazarovga ilk to‘qnashuvda xitoylik Pan Tszyayun (35-25, KO10) raqiblik qiladi. Guruhning ikkinchi qarama-qarshiligida esa boshqa bir xitoylik sportchi Men Godun (22-18, KO7) yaponiyalik Saeki Masaya bilan kuch sinashadi. Har ikki juftlik g‘olibi finalda uchrashadi va g‘alaba qozongan sportchi keyingi bosqichga yo‘l oladi.

Ma’lumot uchun: “Markaziy Osiyo sheri” nomi bilan tanilgan Anvar muay tay bilan shug‘ullana boshlagan. Ko‘p yillar davomida u Tailandda tajribasini oshirib, ajoyib natijalarga erishgan. U birinchilardan bo‘lib “eng yaxshi xorijlik ​​Lumpini jangchisi” degan nomga sazovor bo‘lgan. Lumpini muay tay bo‘yicha jahonning eng nomdor stadioni hisoblanadi.

Anvar ushbu kamar ostida 110 jang o‘tkazib, 88 tasida zafar quchgan. 50 tasida esa raqiblarini nokautga uchratgan. U ikki marta “WMY Muay Thai” bo‘yicha jahon chempioniga aylangan va bu orada kikboksing sir-asrorlarini ham o‘rganib oladi. Ayni damda dunyo reytingida uchinchi pog‘onani egallab turibdi.

U raqiblarini kuchli zarbalari bilan mag‘lub qilishni yaxshi o‘zlashtirgan. Jangda raqiblarining zaif tomonini sezgan zahoti hal qiluvchi zarbani yo‘llaydi. Biroq hamma vaqt ham Anvarga omad kulib boqavermagan. 2016 yil “EM LEGEND” turnirida hamyurtimiz yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi, biroq viza bilan bog‘liq muammolar sabab musobaqada qatnashmagan.

O‘tgan yili esa ikkinchi marta yarim finalga yo‘l olgan sportchimiz tailandlik raqibi Manasga ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy beradi va ikkinchi marta finaldan quruq qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!