
Anvar Boynazarov: O‘zbekistondagi ilk professional jangimda g‘alaba qozonishga va’da beraman (foto va video)
Ma’lumki, 9 sentyabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni “Asian Fight-2017” xalqaro sport musobaqasiga mezbonlik qiladi. Mazkur jang kechasida yurtimiz sharafini 9 nafar yakkakurashchilarimiz himoya qilishadi. Ular orasida muay tay bo‘yicha ikki karra jahon chempioni va yakkakurash sport turlari ustasi Anvar Boynazarov ham ringga ko‘tariladi.
66 kg vazn toifasida ringga chiqadigan sportchimizga afg‘onistonlik Gulam Dastagir qarshilik qilishga harakat qilib ko‘radi. Ayni dam Boynazarov mazkur jangga tayyorgarlikni Tailandda davom ettirmoqda.
– Anchadan beri O‘zbekistonda professional jang o‘tkazishni orzu qilib kelar edim. Juda hayajondaman. Mana shu kunlarga ham oz qoldi. Vatanimda bo‘ladigan jangda muxlislarimga g‘alaba taqdim etishni istayman va buning uchun astoydil harakat qilyapman. Tayyorgarliklarning asosiy qismi Tailandda bo‘lmoqda. Barcha o‘zbek professional sport ishqibozlarida haqiqiy jang ko‘rsatishni istayman, – deydi Boynazarov SPORTS.uz internet portaliga.
Fikrlar