
Arsen Venger JCh-2018da kim favoritligini aytdi
Frantsiyalik mashhur mutaxassis Arsen Venger Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan mundialda qaysi terma jamoaning imkoniyatlari yuqoriroq ekanligi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Ayni damda chempionlik uchun Frantsiya, Braziliya va Angliya asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Agar ular orasidan kimnidir imkoniyatlarini yuqoriroq baholash kerak bo‘lsa, men Dide Desham shogirdlarini tanlagan bo‘lardim”, - deydi Venger.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya terma jamoasi bugun musobaqaning chorak finalida Urugvayga qarshi bahs yuritadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
Fikrlar