
Arsen Venger ideal futbolchi kimligini aytdi
Frantsiyalik mashhur mutaxassis Arsen Venger sayyoramizning eng mukammal futbolchisi kimligini aytdi.
“Ideal futbolchi? Unaqasi yo‘q. Hammaning o‘ziga yarasha kuchsiz tomonlari bor. Masalan, Messi – u barcha futbolchilar ichida eng mukammali. Chunki u boshqalarni o‘ynashga undashi va bir o‘zi borib gol urishi mumkin. Lekin uni ham o‘ziga yarasha kuchsiz tomonlari bor. Agar e’tibor bersangiz, u ikkinchi qavaytda va himoyada o‘ynay olmaydi”, - deydi 68 yoshli mutaxassis.
Fikrlar