"Arsenal" Suaresni sotib olishga rozi bo‘ldi

  • 16.01.2019 14:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Denis Suares "Arsenal"ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda Daily Star nashri xabar bermoqda.

Aytish lozimki “kanonirlar” dastavval 25 yoshli ispaniyalik futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga olishni rejalashtirishgan edi. Ammo, kataloniyaliklar uni to‘liq transfer qilish evaziga qo‘yib yuborishlarini bildirishgan. Shu bois “Arsenal” yakunda La Liga grandining talabiga rozi bo‘lgan.

Bundan avvalroq unga shuningdek "Chelsi", "Everton", "Vest Xem" va "Uotford" klublaridan ham qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Suares asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum “ko‘k-anor ranglilar” safida jami 6ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!