
"Arsenal" Tula - "Anji" 2:0 (video)
Kecha Rossiya premer-ligasi 14-turidan o‘rin olgan "Arsenal" Tula hamda "Anji" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Tuladagi "Arsenal" stadionida kechgan bellashuvda mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Zelimxan Bakaev va Sergey Tkachevlar mualliflik qilishdi.
Dog‘istonliklar safida hamyurtimiz Dostonbek Hamdamov 69-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar