"Arsenal" Xamesni ijaraga olmoqchi
Independent nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, inglizlar Xamesni kelgusi yozda ijaraga olishmoqchi. Futbolchining o‘zi esa Madridga qaytib, jamoa asosiy tarkibiga kirish uchun kurashmoqchi. "Qirollik klubi" esa futbolchini sotish ilinjida.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Xames ijara asosida "Bavariya" safida to‘p tepmoqda va nemislarda uni 42 mln evro evaziga sotib olish imkoniyati mavjud. O‘z navbatida myunxenliklar ushbu banddan foydalanmoqchi emaslar.
"Bavariya" 27 yoshli futbolchini 2017 yilning yozida ijaraga olgan edi. Joriy yilgi mavsumda Rodriges Germaniya Bundesligasida 9 uchrashuvda ishtirok etdi va raqiblar darvozasiga 3 ta to‘p kiritdi. Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilda nihoyasiga etadi.



Fikrlar