“Arsenal” futbolchisi qattiq jazolandi va muhim uchrashuvni o‘tkazib yuboradi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Londonning “Arsenal” jamoasi yarim himoyachisi Granit Jaka “Byornli”ga (2:1) qarshi APL 22-turida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi va 4 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Ushbu uchrashuvdagi chetlatish shveytsariyalik futbolchi uchun mavsumdagi ikkinchisi hisoblanadi. Qoidaga ko‘ra,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan o‘yinchi uchta o‘yindan chetlashtiriladi, agar bu ikki bor takrorlansa yana bir o‘yin qo‘shiladi.

Shunday qilib, Granit Jaka “Arsenal”ning Angliya Kubogidagi “Sautgempton”ga qarshi hamda chempionatdagi “Uotford”, “Xall” va “Chelsi” jamoalariga qarshi uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!