"Arsenal"ning sobiq hujumchisi faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin
Norvegiyaning “Rusenborg” klubi forvardi Niklas Bendtner faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin.
L’Equipe nashri tarqatgan xabarga qaraganda “Bordo” klubi 30 yoshli daniyalik futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga olmoqchi. O‘z navbatida Bendtner ham JCh-2018dan “tushib” qolmaslik uchun nisbatan kuchliroq chempionatga o‘ynashga xohish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, “Arsenal”ning sobiq hujumchisi o‘tgan mavsum Norvegiya chempionatida jami 29ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 19ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar