Asian Fight 2017 ishtirokchisi Mahmud Muradovning promoroligi bilan tanishing (video)
Xabaringiz bor, 9 sentyabr kuni O‘zbekiston penchak-silat federatsiyasi Toshkentda silat bo‘yicha Asian Fight 2017 xalqaro jang shousini tashkil qilishni rejalashtirgan. Shou "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur jang kechasiga bir qancha jahon yulduzlari va sportchi aktyorlarning tashrif buyurishi kutilmoqda. Ular orasida aktyor Jan-Klod Van Damm, aralash yakkakurashlar jangchilari Fedor Emelyanenko va Jeff Monson ham bor.
Shuningdek, bu musobaqada ishtirok etadigan mahalliy sportchilar orasida ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lib ulgurgan Mahmud Muradov, Hasan Barotov, Furqat Yoqubov, Muhammadali Toshturg‘unov, Anvar Boynazarov va boshqalar o‘rin olishgan.
Tashkilotchilar mazkur turnirda Evropa, Osiyo va Afrikaning eng kuchli sportchilaridan tashkil topgan O‘zbekiston terma jamoasi hamda jahon terma jamoasi a’zolari o‘rtasida janglar tashkil qilishni ham rejalashtirgan.
Quyidagi videolavhada hamyurtimiz Mahmud Muradovning promoroligi bilan tanishasiz.

Fikrlar