“Asian Fight-2017” musobaqasiga tayyorgarlik avjida (video)

CHERY AUTO

Ma’lumki, O‘zbekistonda tashkil qilinayotgan penchak silatning professional yo‘nalishi mikst silat bo‘yicha janglar shousi boshlanishiga ham sanoqli soatlar qoldi.

Tecno

“Bunyodkor” stadionida o‘tadigan musobaqaga tayyorgarlik avjida. Ayni damda maydon markaziga sportchilar bellashishi uchun ring qurib bitkazilgan.

Ushbu shouda 8 nafar sportchimiz ringga chiqishi rejalashtirilgan edi, biroq Tailandda “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining Bangkok – Toshkent XY532 reysi kechiktirilganligi sababli muay tay bo‘yicha ikki karra jahon Anvar Boynazarov turnirni o‘tkazib yuboradi.

Ma’lumot uchun: Mikst silatga ko‘plab kurash usullari qo‘shilgan. BU MMAdan biroz farq qiladi. Shuningdek, parter (yotgan holda urushish - SPORTS.uz) holatida biroz o‘zgarishlar ham bo‘ladi. MMAda yotgan holatda tizza va tirsak zarbalarini berish mumkin. Professional silatda esa kurash usulida harakat qilinadi. Parterda ko‘lqoplar bo‘lgan holda zarba berish mumkin. Umuman olganda bu sportda MMAga nisbatan jarohat olish kamroq. Bellashuvda 10 soniya sportchilar harakat qilmasa, hakam tomonidan ajratiladi va qaytadan jang boshlanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!