
"Atletiko" ham O‘zil uchun kurashga qo‘shildi
Madridning "Atletiko" klubi "Arsenal" yarim himoyachisi Mesuta O‘zilni o‘z safida ko‘rmoqchi.
El Gol Digital tarqatgan xabarga ko‘ra "matraschilar" 30 yoshli germaniyalik futbolchi uchun “kanonirlar”ga 22,5 million evro to‘lashga tayyor. Qayd etish lozimki, bundan avvalroq O‘zil uchun "Inter" va "Istanbul Bashakshexir" klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zil “Arsenal” bosh murabbiyi Unai Emerining rejalariga kirmagani bois rahbariyat uni sotib yubormoqchi. Uning o‘rniga esa “Bavariya”dan Xames Rodrigesni olib kelishmoqchi.
Fikrlar