“Atletiko” himoyachisi noma’lum muddatga safdan chiqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor kecha Ispaniya La Ligasining 28-turida “Atletiko” o‘z maydonida “Sevilya”ni qabul qildi va 3:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Kechagi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan “Atletiko” himoyachisi Shime Vrsalko kutilmaganda o‘yinning 2-daqiqasidayoq Diego Simeonedan o‘zini almashtirishni so‘radi. Shifokorlarning dastlabki tashhislariga ko‘ra xorvatiyalik futbolchi tizzasining old qismidagi paylar yorilgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaning yozishicha Vrsalko tez orada chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi va ana shundan so‘ng futbolchining qachon sog‘ayib safga qaytishi ma’lum bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!