
"Atletiko" muxlislari Godin jamoada qolishini istashmoqda (video)
Mazkur aktsiya Ispaniya La Ligasi 19-turidan o‘rin olgan "Levante"ga qarshi bahs (1:0) oldidan bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot uchun, Godinning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida nihoyasiga etadi va bitim hozirga qadar uzaytirilgani yo‘q.
32 yoshli futbolchining o‘zi ham "matraschilar" bilan ikki yillik shartnoma imzolashni istamoqda. Biroq "Atletiko" 30 yoshdan oshgan futbolchilar bilan 1 yildan ziyod shartnoma imzolamaydi.
Vaziyat shu tarzda davom etadigan bo‘lsa, Godin yozda erkin agent sifatida jamoani tark etadi. Unga "Manchester Yunayted" va "Inter" qiziqish bildirmoqda.
Mal
Fikrlar