"Atletiko" xavbeki mavsumni "Monako"da yakunlaydi
Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Jelson Martinsh faoliyatini “Monako”da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra monakoliklar 23 yoshli portugaliyalik futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga olishadi.
Ma’lumot uchun, Martinsh joriy mavsum “matraschilar” safida jami 8ta o‘yinda maydonga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq ushbu futbolchiga Angliyaning “Nyukasl” klubidan ham qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar