"Australian open-2017": Denis Istomin birinchi raqibini bilib oldi

  • 15 yanvar, 2017, 10:02
  • 1
  • Tennis
CHERY AUTO

"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi eng nufuzli to‘rt turnirning dastlabkisi - Avstraliya ochiq chempionatining saralash musobaqasi yakunlanib, asosiy to‘rga chiqqan barcha tennischilar aniqlandi.

Tecno
 

Musobaqaning asosiy to‘rida ishtirok etadigan mamlakatimizning eng kuchli tennischisi Denis Istomin qur’a natijasiga ko‘ra, dastlabki uchrashuvni saralashdan chiqqan tennischiga qarshi o‘tkazishi ma’lum qilingandi.

Nihoyat, Denisning raqibi ma’lum bo‘ldi. Saralash uchrashuvlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan xorvatiyalik Ivan Dodig Avstraliya ochiq chempionatining birinchi bosqichida Denis Istominga qarshi kortga chiqadi.

Ushbu bahsda g‘alaba qozongan tennischi keyingi davrada ikkinchi raqamda saralangan serbiyalik Novak Jokovich va ispaniyalik Fernando Verdasko uchrashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!