"Ayaks" de Ligtni 50 million evrodan kamiga sotmaydi, unga "Barselona" va "Yuventus" da’vogar

  • 31 oktabr, 2018, 18:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Amsterdamning "Ayaks" klubi top klublarning qiziqishlariga sabab bo‘layotgan himoyachisi Matteys de Ligtning oxirgi transfer bahosini e’lon qildi.

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra golland grandi 19 yoshli futbolchisini 50 million evrodan kamiga sotmaydi. Ushbu futbolchi uchun hozirda "Barselona" va "Yuventus" asosiy da’vogar sifatida tilga olinmoqda.

Ma’lumot uchun, de Ligt joriy mavsum “Ayaks” safida jami 17ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!