Azamat Allaniyozov "Navbahor"dan ketdimi?

  • 5 noyabr, 2018, 18:15
  • Azamat Umarov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsum so‘nggiga kelib, Namanganning "Navbahor" jamoasida murabbiy o‘zgargani barchangizga ma’lum. Anchadan buyon jamoani boshqarib kelagan Ilhom Mo‘minjonov o‘rnini futbolchi sifatida ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan Andrey Kancheliskis egalladi. 

Tecno

Shuningdek Ilhom Mo‘minjonov jamoani tark etgach o‘zi bilan bir qator futbolchilarni ham olib ketganligi haqida xabarlar tarqaldi. SPORTS.uz ushbu gap so‘zlar qanchalik o‘rinli ekanligini aniqlash maqsadida hujumchi, Azamat Allaniyozov bilan bog‘landi:

-Mening "Navbahor"dan ketganim haqidagi xabarlar yolg‘on, bo‘lmagan gap. Jamoa bilan mavsum yakunigacha shartnomam bor, agarda jamoaga kerak bo‘lsam shartnomamni yana uzaytirishga ham tayyorman. Muhlislarimizdan havotirga tushmasliklarini so‘rab qolar edim, so‘nggi paytlarda jamoa bilan birga emasligimning sababi qo‘limdan olgan jarohat bilan bog‘liq, yaqinda jarrohlik amaliyotini o‘tkazdim, -deydi futbolchi SPORTS.uz sayti muxbiriga.

Eslatib o‘tamiz Allaniyozov joriy mavsumda "lochinlar" safida 4 ta golga mualliflik qilgan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!